Ronaldu "Siti" va "Liverpul" kuchayib borayotganidan xavotirda
"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Unga ko‘ra, portugaliyalik yulduz jamoada shartnomasi yakuniga qadar qolmoqchi.
Ammo Ronaldu ayni payt "Liverpul" va "Manchester Siti" amalga oshirayotgan transferlardan xavotir ola boshlagan. Bu ikki klub APLdagi qolgan raqiblaridan haddan ziyod kuchayib ketmoqda, deb o‘ylayapti portugal.
37 yoshli futbolchi MYuning kuchayishini istaydi va yana chempionlik poygasiga qaytishidan umidvor. Ammo raqiblar olib borayotgan transfer siyosati Manchester klubi etakchisini shubha ostida qoldirmoqda.

Fikrlar