
Ronaldu sobiq ustoziga etib oldi!
Angliya Premer-ligasi 16-turi doirasida "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduning yagona goli evaziga "Norvich" ustidan g‘alaba qozondi.
Bu portugaliyalik futbolchining APLdagi 91-goli sifatida yozildi. Bu orqali Krish sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga tenglashib oldi.
36 yoshli hujumchi "qizil iblislar"ning Premer-ligadagi to‘purarlari ro‘yxatida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Umumiy reytingni esa, Ueyn Runi boshqarib turibdi. Quyida kuchli ettilik bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Ueyn Runi – 183 gola;
2. Rayan Giggz – 109;
3. Pol Skoulz – 107;
4. Rud van Nistelroy – 95;
5. Endi Koul – 93;
6-7. Krishtianu Ronaldu – 91;
6-7. Ole-Gunnar Sulsher – 91.
Fikrlar