Ronaldu sotilmaydi!

  • 19.07.2022 12:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida gapirdi.

“Ronaldu sotilmaydi, chunki jamoaga kelgan vaqtimda futbolchi bilan ishlash rejam bor edi. Vaziyat o‘zgargani yo‘q. Krishtianuning "Manchester Yunayted" bilan yana bir yillik shartnomasi bor. U keyingi mavsum oxirigacha bizning futbolchimiz. Ehtimol, undan keyingi yil ham Ronaldu jamoamizda qolishi mumkin”, — deya gollandiyalik mutaxassisning  so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Oldinroq futbolchi "qizil iblislar" safini tark etishi mumkinligi haqida malumotlar paydo bo‘lgandi. Futbolchiga PSJ, "Barselona", "Roma", “Atletiko” va boshqa ko‘plab klublar qiziqish bildirgani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!