Ronaldu termadagi mavqeidan voz kechdi

  • 17 iyun, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines va 39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘zaro munosabatlari bo‘yicha kelishib oldi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, endi Ronaldu terma jamoaning teginib bo‘lmas o‘yinchisi hisoblanmaydi. U boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan o‘yinlarda bosh murabbiy Roberto Martines vaziyatga qarab, hujumchini istalgan payt zaxiraga olishi mumkin.

2022 yili Qatarda bo‘lgan jahon chempionatida murabbiylar shtabi Krishtianu Ronaldu o‘rniga Gonsalu Ramushdan foydalangani shov-shuv bo‘lgan edi.

Germaniyadagi Evropa chempionatida portugaliyaliklar Chexiya, Turkiya va  Gruziya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan.

Krishtianu  Ronaldu faoliyatida davomida qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan. 2016 yili u sardor qilgan jamoa Frantsiyadagi musobaqada g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!