Ronaldu uchun 4 ta da’vogar bor

  • 28 iyul, 2022, 14:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu borasidagi “serial” hamon davom etmoqda. Bugun ingliz nashrlarida portugaliyalik borasida yangi xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, futbolchi “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qilgan va hozirda o‘zi uchun yangi klub qidirmoqda.

Tecno

AS nashri xabariga ko‘ra, forvardga da’vogarlar qatorida to‘rtta klub bor. Hujumchini "Bavariya", "Chelsi", "Atletiko" va "Napoli" o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Madrid klubi bu poygada favorit sanaladi. Boisi, Krishtianu "matraschilar" safiga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Krishtianu Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qildi. O‘tgan mavsum yakunlariga  ko‘ra, “qizil iblislar” APLda oltinchi o‘rinni egalladi va Evropa ligasi ishtirokchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!