Ronaldu: Ularning ortidan yugurmayman!

  • 04.06.2022 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa uchun6 muvaffaqiyatsiz yakunlangan mavsumdan so‘ng muxlislarga murojaat qildi. Ma’lumki, Ralf Rangnik boshqargan jamoa Angliya premer-ligasi yakunlariga ko‘ra, kuchli to‘rtlikka kira olmadi va kelasi yili Chempionlar ligasida qatnasha olmaydigan bo‘ldi.

Tecno

- Men muxlislarga ular shunchaki ajoyib insonlar ekanini aytmoqchiman. Biz yutqazgan paytlarda ham ular qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmadi. “Manchester Yunayted” muxlislari qalbimda abadiy qoladi. Ular hamma hurmat qilishi kerak bo‘lgan odamlardir.

Rekordlar o‘z o‘zidan keladi. Men ularning ortidan yugurmayman. Rekordlarning o‘zi keladi va bu yaxshi.

Men hamon futbolni yaxshi ko‘raman va mashaqqatli mehnatga tayyorman. Tabiiyki, “Manchester Yunayted” va jamoadoshlarim menga katta yordam beryapti. Shuning uchun ham ularni qadrlayman. Bu klub uchun gol urish maroqli. Xet-trik qayd etsam, undan ham yaxshi.

Mening asosiy maqsadim, uchrashuvlarda g‘alaba qozonish va biror sovringa ega bo‘lish. Men “Machester Yunayted” o‘ziga mos joyga qaytishiga ishonaman. Ba’zan buning uchun vaqt talab etiladi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!