
Ronaldu va Portugaliya uchun turnir yakunlandi. Frantsiya yarim finalda
"Evro-2024" chorak finalidan o‘rin olgan Portugaliya - Frantsiya bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida 0:0 hisobi qayd etildi.
O‘yinda bir qator xavfli vaziyatlar vujudga kelgan bo‘lsa-da, jamoalar gol urishning uddasidan chiqmadi. Shundan so‘ng g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniq bo‘ldi. Unda frantsuzlar 5:3 hisobida zafar quchdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar