Ronaldu yaqin insoni bilan janjallashdi. Nega?

  • 1 yanvar, 2023, 17:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu oldida muammolar yuzaga kela boshladi.

Gap shundaki, u "Manchester Yunayted"ni tark etganidan keyin agenti Jorje Mendesh bilan munosabati keskin yomonlashgan. Ronaldu Mendeshdan unga Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan top-klub topib bera olmaganidan norozi bo‘lgan.

"Daily Post" nashrining ma’lum qilishicha, 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga agenti yordamisiz borib qo‘shilgan. Bu jarayonda Jorje hech nima qilmagan. Biroq Ronalduning avvalgi transferlarida asosiy rol unga tegishli edi.

Shartnomaga ko‘ra Krishtianu Ar-Riyodda 2025 yila qadar qoladi va yiliga 200 million evro miqdorida pul ishlab topadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!