Ronalduga ishonchim katta!

  • 24.08.2022 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning 37 yoshli yulduzi Krishtianu Ronalduni o‘z o‘yin uslubiga moslashtira olishiga ishonmoqda.

“Liverpul”ga qarshi uchrashuvda niderlandiyalik murabbiy oldingi chiziqdi yoshlarga ishonch bildirdi va bu tarkib o‘zini ko‘rsatdi. Ronaldu bahs oxirida bir necha daqiqa harakat qildi xolos.

- Ronaldu men qo‘llayotgan uslubga moslasha oladi. Butun faoliyati davomida turli murabbiylar qo‘l ostida, har xil taktikalarda o‘ynagan. Krishtianu har doim o‘zini ko‘rsatib kelgan va nega bu gal ham shunday bo‘lmasligi kerak?

Uning yoshi muammo emas. Agar yoshing o‘tib qolgan bo‘lsa-da, o‘zingni ko‘rsata olsang, demak sen haqiqatan zo‘rsan, - dedi Erik ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!