Ronalduga noxush xabar
Angliya premer-ligasida eng katta maosh olayotganlardan biri Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni kuchli to‘rtlikka olib kirolmasa, uning maoshi kesiladigan bo‘ldi. Klub bu haqda futbolchini ogohlantirdi.
Ayni paytda portugaliyalik yulduz haftasiga 458 ming evro maosh olyapti. Agar jamoa kuchli to‘rtlikka kira olmasa bu summa 345 ming evroga tushadi.
Qizig‘i shundaki, Krishtianuning o‘zi ancha avval, agar jamoa Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, shartnomasi bo‘lishiga qaramay, klubni tark etishini ma’lum qilgan.
Mashhur hujumchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va uchta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar