Ronalduga yangi xaridor chiqdi

  • 11.01.2022 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olisha tayyor.

Parijliklar yozda jamoani tark etadigan Kilian Mbappe o‘rnini portugaliyalik yulduz bilan to‘ldirmoqchi. Krishtianu Ronaldu Manchesterni tark etishga qaror qilsa, PSJ mutasaddilari u bilan rasmiy muzokaralarni boshlashga shay turibdi.

Avvalroq, Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi muhit va jamoaning raqobatbardosh emasligidan norozi bo‘lib, mavsum yakunlashi bilan ketishni rejalashtirayotganini aytgandi.

36 yoshli hujumchiga “Manchester Siti” va “Chelsi” ham qiziqish bildirgan. Biroq, mutaxassislar portugaliyalik futbolchi jamoadan ketadigan bo‘lsa, Angliyada qolmasligini ta’kidlashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!