
Ronalduning bunday fintlarini muxlislar sog‘ingandi! (Video)
Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turida "An-Nasr" va "Al-Ittifoq" jamoalari o‘zaro kurash olib borganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Mazkur bellashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni Taliska o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda debyut qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Garchi, Ronaldu gol urmagan bo‘lsa ham uchrashuvdagi faol harakatlari bilan ajralib turdi. Ayniqsa, bellashuvning 78-daqiqasida portugal tomonidan amalga oshirilgan chiroyli hatti-harakatlar ijtimoiy tarmoqlarni "portlatdi". Jumladan, "An-Nasr" ham mazkur fint videosini o‘z tvitter sahifasiga joyladi va "Some skill show", ( mahoratdan bir shingil) deya izoh qoldirdi.
Shuningdek, 37 yoshli forvardning debyuti muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Ma’lumot uchun, "An-Nasr" 2 kundan so‘ng Saudiya Arabistoni superkubogi doirasida "Al-Ittihod"ga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar