
Ronalduning "Chelsi"ga o‘tishi faqat bir insonga bog‘liq
"Chelsi" bosh murabbiy Tomas Tuxelning roziligisiz Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolamaydi.
Marina Granovskaya va Petr Chex “aristokratlar” boshqaruvidan ketgach, “aristokratlar”ning sport direktori lavozimiga tayinlanggan Todd Boeli Tomas Tuxeldan “Manchester Yunayted” hujumchisini jamoaga olib kelinishini xohlashi yoki xohlamasligini so‘ramoqda, deb xabar beradi The Telegraph.
Ma’lumki, Tuxel Ronalduning muxlisi hisoblanadi. Biroq germaniyalik murabbiy klub rahbariyati bilan portugaliyalik yulduzning ehtimoliy transfer masalasini haligacha muhokama qilmagan.
Ta’kidlash kerakki, Tuxel har qanday transferga veto qo‘yish huquqiga ega. Shuning uchun Boeli murabbiy klubda ko‘rishni istamagan o‘yinchilar bilan shartnoma imzolay olmaydi.
"Chelsi" "Yunayted" hujumchini sotishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qligini bilmaydi. Shuningdek, "Manchester Yunayted" Ronaldu uchun qancha pul so‘rashi va portugaliyalikning moliyaviy talablari qanday bo‘lishi noma’lum. "Chelsi" bu ma’lumotlarning barchasini Tuxel transferni ma’qullagan taqdirdagina bilib olishni boshlaydi.
Avvalroq, 37 yoshli hujumchi London klubiga o‘tishga qiziqayotgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida ishtirok etadigan grand jamoa safiga o‘tish uchun maoshini keskin ravishda kamaytirishga tayyorligi ham ma’lum qilgandi.
Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar