Ronalduning kelajagi bugun hal bo‘ladi
Krishtianu Ronaldu bugun "Manchester Yunayted" bilan o‘z kelajagini muhokama qiladi.
Portugaliyalik futbolchi uch haftalik ta’tildan so‘ng 4 iyul kuni mavsumoldi mashg‘ulotlarga qaytishni rejalashtirgan va "Yunayted" menejerlari undan o‘z pozitsiyasini ma’lum qilishni so‘ramoqda. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.
Klub Ronalduning qarori qanchalik qat’i ekanligini va hamon ketish niyati jiddiy bo‘lsa, keyingi qadamlar ikki tomon uchun qanday bo‘lishi borasida bilmoqchi.
"Qizil iblislar" rahbariyati Ronalduga nisbatan keskin pozitsiyani egallashi kutilmoqda.
Avvalroq, 37 yoshli hujumchi Uefa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar chiqayotgandi.

Fikrlar