Ronalduning kelishiga ishonmayman!
“Roma” afsonasiga aylangan Franchesko Totti “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Rimga kelishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Yaqinda “Roma”ning sobiq futbolchisi Anjelo Di Livio 37 1shli portugaliyalik yulduz 7 iyul kuni “bo‘rilar” safiga qo‘shilishini ta’kidlagan edi.
- Rostini aytsam, bunga umuman ishonmayman, chunki voqe’likdan yaxshi xabardorman. Agar haqiqatan shunday bo‘lganida, “Roma” muxlislari jumbushga kelardi, - dedi Franchesko Totti.
Krishtianu Ronaldu ayni paytda ta’tilda hordiq chiqaryapti. Biroq, Evropa matbuoti jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchini turli jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni juda ko‘p tarqatmoqda.

Fikrlar