
Ronalduning "Real"ga qaytishi borasidagi xabarlarga Anchelotti aniqlik kiritdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "qirollik klubi"ga qaytishi to‘g‘risidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Krishtianu – "Real" afsonasi, lekin men hech qachon rahbariyatdan u bilan shartnoma imzolashni so‘ramaganman. Men Ronalduni hurmat qilaman, biroq biz kelajak haqida o‘ylayapmiz", - deydi murabbiy.
Avvalroq, OAVda murabbiy madridliklar prezidenti Florentino Peresdan hujumchini qaytarishni iltimos qilganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Krishtianu xizmatiga PSJ va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Fikrlar