Rossiya yoshlаr tеrmа jаmoаsi Oʻzbеkistongа qаrshi oʻyin oʻtkаzаdi
Rossiya yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahridagi yig‘ini doirasida O‘zbekiston va Iordaniya jamoalariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqida Rossiya futbol ittifoqi (RFS) rasmiy sayti xabar berdi.
O‘zbekistonga qarshi o‘yin 27 mart kuni, Iordaniya bilan bahs esa 30 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Rossiya va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari oxirgi marta o‘tgan yil iyun oyida Farg‘ona shahrida uchrashgan. Ushbu o‘yinlarda Rossiya jamoasi 3:0 va 6:3 hisobida g‘alaba qozongan. Iordaniyaga qarshi bo‘ladigan bahs esa ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv bo‘ladi. Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Shabarovning aytishicha:
"O‘zbekiston bilan o‘tgan yili ikki marta o‘ynadik, uchrashuvlar keskin va serhisob bo‘lgan edi. Bu safar raqib deyarli o‘sha tarkib bilan keladi, bizda esa jamoa ancha yangilangan. Iordaniya esa tajribali U-23 jamoasi bilan keladi. Ular yanvar oyida Osiyo kubogida chorak finalgacha yetib borib, Yaponiyaга penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan."
Rossiya yoshlar terma jamoasi 24 mart kuni Turkiyaga yetib boradi. Yig‘inga jami 23 nafar futbolchi jalb qilingan.
Fikrlar