"Rostov" klubining futbolchilar oldidagi qarzdorligi yuzasidan bayonot berildi

  • 15.11.2019 19:42
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rostov viloyati «Rostov» klubiga 2019 yilda 380 million rubl pul mablag‘i ajratgani xabar qilindi. Bu haqda news.ru sayti TASS vakiliga tayanib xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 2019 yili «Rostov» klubiga viloyat hisobida 380 million rubl ajratilgan. Bayonotda yozilishicha, klubning qarzga kirishida viloyat hokimi (gubernatori) o‘rinbosari Igor Guskoving aloqasi yo‘q.

Viloyat rahbarlari shuningdek, 2019—2020 yillarda «Olimp-2» stadionini kapital ta’mirlash uchun 250 million rubl, mashg‘ulotlar maydonini ta’mirlashga 48 million rubl, klub ta’minoti va bolalar futboli uchun 78,6 million rubl ajratilishi belgilangani qo‘shimcha qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Rostov» klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin uch oydan buyon futbolchilar maoshi ololmayotganini aytgandi. Shu sabab «Rostov» bu muammoni bartaraf etish uchun qishda 6 futbolchisini sotishi mumkinligi va ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodovning borligi xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдулатиф Абдуллаев
18/11/2019 22:59
Элдор.харидор.булса.италия.еки.испанияга.кетса.яхши.эди.
Абдулатиф Абдуллаев
18/11/2019 22:59
Элдор.харидор.булса.италия.еки.испанияга.кетса.яхши.эди.
&
Surxon turon
15/11/2019 20:54
Елдор кетгани яхши уердан
&
AzizXudoyberdiyev
18/11/2019 18:33
Togri kuchliroq klubga oʻtgani yaxwi