Roxo Messiga rad javobini berdi

  • 3 yanvar, 2024, 12:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Markos Roxo Lionel Messining "Inter Mayami"ga o‘tishi borasidagi taklifini rad etdi. 

Leo "Boka Xuniors" himoyachisini MLS klubiga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qildi. Biroq 33 yoshli argentinalik futbolchi Buenos-Ayresda 2024 yilning iyunigacha, aniqrog‘i shartnoma muddati tugaguncha qolish niyatida, deya xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri. 

Qayd etish lozim, Roxo hamda Messi birgalikda Argentina terma jamoasida to‘p tepgan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!