
Roxo nega Maguayr doim asosiy tarkibda maydonga tushish sirini fosh qildi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Markus Roxo himoyachi Xarri Maguayr bilan bog‘liq qiziq jarayon borasida gapirib o‘tdi.
"Men Sulsherning ofisiga bordim. Unga ketishimga ruxsat berishini yoki asosiy tarkibda maydonga tushirishini so‘radim. Ammo murabbiy menga Maguayr o‘ynashi kerakligini aytdi. Sababi, u katta pulga xarid qilingandi.
Xarri har o‘yinda ulkan xatolarga yo‘l qo‘yardi. Men shu payt Olega: "Meni maydonga tushir, jin ursin! U xato qilayotganini hamma ko‘rib turibdi, axir", dedim. Keyin nima bo‘lganini o‘zingiz bilasiz", - dedi argentinalik himoyachi.
O‘sha yili, ya’ni 2021 yilda Roxo "qizil iblislar"ni tark etdi va hozirda faoliyatini "Boka Xuniors"da davom ettirmoqda.
Fikrlar