Ro‘ziqul Berdiev 500 mln so‘m bilan taqdirlandi, futbolchilarga medallarni viloyat hokimi topshirdi - "Nasaf" va "Sevinch" a’zolari uchun maxsus tadbir tashkil etildi (foto)

  • 14 dekabr, 2022, 21:41
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yil ham yakunlanib, 2023 yil eshik qoqmoqda. Joriy mavsum “Nasaf” futbol klubi tarixida o‘chmas iz qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tecno

“Ajdarlar” 2022 yilgi futbol mavsumida OChL guruh bosqichidan chiqib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Superligasida o‘n birinchi bor bronza medallarini hamda uchinchi bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. “Nasaf” jamoasi OChL-2023 guruh bosqichida ham ishtirok etadi.

“Sevinch” ayollar jamoasi ham qisqa tanaffusdan so‘ng o‘z shohsupasiga qaytdi va oltin “dubl” qayd etdi. “Sevinch” jamoasi ham 2023 yilgi futbol mavsumida xalqaro maydonda to‘p suradi.

Bugun har ikkala jamoani joriy futbol mavsumida qo‘lga kiritgan yutuqlari e’tirof etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, sektor rahbarlari, klub homiylari, nuroniylar va muxlislar ishtirok etishdi.

photo_2022-12-14_19-29-54

photo_2022-12-14_19-29-55

photo_2022-12-14_19-29-55 (2)

photo_2022-12-14_19-29-56

photo_2022-12-14_19-29-57 (2)

 

"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
15/12/2022 06:58
Муносиб иш қилган эди. Қутлуғ бўлсин.