Ro‘ziqul Berdiev nega o‘zini "Real" klubi bosh murabbiyidek his qilishini aytdi
O‘zbekiston kubogi yarim finalida "Paxtakor" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi. Bellashuvda "sherlar" 2:1 hisobida zafar quchishdi.
O‘yindan keyin Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Paxtakor" klubi oxirgi o‘yinlarda bugungidek jiddiy raqibga uchramagandi, menimcha. Chempion jamoaning maydonida ularga munosib qarshilik ko‘rsata oldik. Uchrashuvning 30-40-daqiqasida e’tiborsizlik qildik. Buning oqibatida 2 ta gol o‘tkazib yubordik.
Raqibni yaxshi o‘rgangan edik. Lekin e’tiborsizlik oqibatida mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda, yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. "Paxtakor"ni bugungi g‘alaba qa Superliga chempionligi bilan tabriklayman. Endi bor e’tiborimizni ichki birinchilikka qaratamiz.
Yil boshida ko‘pchilik bizni chempionatda jon saqlash uchun kurashadi deb o‘ylagandi. Bu fakt. Biz ham xohlagan edik, OChLda o‘ynashni. Biroq hali bunga salohiyatimiz etarli emas. Saviyani ko‘tarishga harakat qilyapmiz va bunga erishyapmiz ham. Lekin katta o‘yinlar uchun bizga tajribali futbolchilar kerak bo‘ladi. Bunday o‘yinchilar bizga kamlik qilmoqda. Asosan hujum chizig‘ida. Har qanday raqibga qarshi bellashuvlarda vaziyatlar yaratmoqdamiz. Yakunda Masharipov yoki Cherandek mahoratli futbolchilar etishmayapti. Shu bois OChLga chiqish imkoniyatimiz pasaygani men uchun fojea emas. Yil boshida oldimizdagi vazifa shu tarkibni o‘stirish edi.
Jamoamiz agarda yangi marralarni ko‘zlasa, hozirgi tarkibni olib qoladi, albatta, bu futbolchilar bilan hali uzoq yillik shartnomalarimiz bor. Bu tarkibni ushlab qolib, shakllantirgan holatda kuchli futbolchilarni ham jalb etsak, keyin biz bemalol OChL haqida o‘ylay olamiz. Shunday bo‘lishi ham kerak. Chunki «Nasaf» ham «Paxtakor» singari xalqimizning sevimli jamoasiga aylanib ulgurdi. Bizdan hamma natija kutadi. Mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarda o‘zimni «Real Madrid» bosh murabbiyidek his qilaman. «Nasaf» doim medal olishi kerak, kubok yutishi kerak, jamoamizga mana shunday talablar bor muxlislar tomonidan, - dedi murabbiy.

Fikrlar
Лекин насаф жамоасини хурмат киламан
Мужик команда омад
Mablag bulsa kerakli uyinchilarni olishi mumkin.
Xozirgi tarkib bn uff ochlga chiqanni quymaydi.