
RPL. Yo‘ldoshev tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi (foto)
Rossiya premer-ligasida to‘p tepadigan hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev mahalliy nashrlar tomonidan e’tirof etildi. Uning "Sochi" jamoasiga qarshi o‘yindagi harakatlari sabab "Match Premer" telekanalining ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan so‘rovidan so‘ng 4-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi.
Uning jamoasi mazkur o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Yo‘ldoshev esa nijniy novgorodliklarning yagona goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, beshinchi turda legionerimiz klubi "Rostov"ga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar