Rummeniggе o‘zi tanqid qilib kеlgan PSJ xo‘jayini Al-Xеlayfiyni nеga maqtab qoldi?

  • 28.04.2026 11:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

​“Bavariya” rahbarlaridan Karl-Xaynts Rummenigge har doim ham “Pari Sen-Jermen” va uning prezidenti Nosir Al-Xelayfiyga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmagan. U ko‘pincha QSI (Qatar Sports Investments) egaligidagi klubning iqtisodiy modelini adolatsiz, deb tanqid qilar, qimmatbaho transferlar va hatto futbolchilarning kibrli ekanligini ta’kidlab kelardi.

​Biroq, bularning barchasi o‘tishda qoldi. “Bavariya”ning sobiq bosh direktori va hozirgi kuzatuv kengashi a’zosi bugungi kunda PSJ hamda uning prezidenti tomonidan amalga oshirilgan ishlarga qoyil qolmoqda. U qatorlik hamkasbiga bo‘lgan iliq munosabatini bildirishdan ham tortinmadi.

​- Nosir Al-Xelayfiyning muxlislar tomonidan shunday yaxshi kutib olinayotganidan xursandman. Aslida muxlislar ham undan qarzdor. Chunki Qatar Sports Investments sotib olguniga qadar “Pari Sen-Jermen” qanaqa klub bo‘lgan edi? Men hali ham eslayman: 2020 yildagi finalda bizga yutqazganidan keyin Nosir butunlay tushkun holatda edi. O‘shanda men unga sabrli bo‘lishi kerakligini aytgandim.

Futbolda hech narsa oldindan kafolatlanmaydi. Hamma narsaga peshona teri bilan erishish, aqlli transferlarni amalga oshirish lozim. Kiyinish xonasida shunday ruh bo‘lishi kerakki, u senga kubokni yutish uchun yetishmayotgan o‘sha 3-5 foizlik qo‘shimcha kuchni bera olsin.

PSJ yana yarim finalga chiqqani tasodif emas. Ular ajoyib futbol ko‘rsatishmoqda, - deya ta’kidladi Rummenigge o‘z intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!