Runi Ronalduning gaplariga javob qaytardi
"Manchester Yunayted" jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga javob qaytardi.
"Balki AQShga kelib, shu gaplaringni yuzimga aytib ko‘rarsan?", - dedi "Di Si Yunayted" bosh murabbiyi.
Avvalroq, Ronaldu Runining tanqidlariga qarata: "Ehtimol u nafaqaga chiqqani, men esa hamon yuqori darajada o‘ynayotganim g‘ashiga tekkandir", deya shov-shuvli intervyusida gapirib o‘tgandi.
Fikrlar