
Ruslan Qurbonov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida engil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, ushbu kun terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi.
3 hatlab sakrash sektorida startga chiqqan Rio olimpiadasining ishtirokchisi Ruslan Qurbonov 16.93 metr natija qayd etdi. E’tiborlisi, hech bir sportchi uning natijasini qaytara olmadi va hamyurtimiz ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston engil atletikasi tarixida birinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritmoqda.
Oldinda yana 2 kunlik bellashuvlar bor va unda ham atletlarimizdan yuqori natijalar kutib qolamiz. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar