Rustam To‘laganovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 14.01.2021 19:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Profescional boksning yarim og‘ir vazn toifasida (79 kg) faoliyatini olib borayotgan Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganov (3-0, 1 KO) o‘zining navbatdagi jangini 29 yanvar kuni Rossiyaning Moskva shahrida "USC Soviet Wings" arenasida o‘tkazadi. To‘laganovga kim raqiblik qilishi hozircha ma’lum emas.

E’tiborli jihati, shu kuni yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Lazizbek Mullajonov ham profescional boksda debyut qiladi. Mullajonov Rossiyaning "Patriot" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Ushbu debyut jangida Mullajonovga Igor Vilchitskiy (4-2, 1 KO) raqiblik qiladi. Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!