Ryudiger “Chelsi” hurmati uchun manchesterliklarning katta maoshida voz kechdi
“Chelsi”dan o‘zi istagan darajada maosh undira olmagan Antonio Ryudiger “Manchester Yunayted”dan o‘ta manfaatli taklif oldi.
Tarkibni yangilashga urinayotgan manchesterliklar germaniyalik markaziy himoyachiga yiliga 10 million evro miqdorida maosh va’da qilgan edi. Biroq Antonio Ryudiger “Chelsi”ga hurmati yuqoriligi uuchun raqib jamoa taklifini qabul qilmaganini bildirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali himoyachi kelasi hafta “Real” bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olishi kutilmoqda. Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi madridliklar safiga bepul ko‘chib o‘tadi.
Ryudiger “Chelsi”ga 2017 yili “Roma”dan olib kelingan. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi jami 47 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga beshta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar