Saloҳ ikkita rekord o‘rnatish arafasida

  • 09.03.2026 17:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpool" hujumchisi Muhammad Saloҳ Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Galatasaroy"ga qarshi o‘yinda birdaniga ikkita rekord o‘rnatishi mumkin.

33 yoshli futbolchi "Liverpool"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerni ortda qoldirib, Chempionlar Ligasiда eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa rekordchisiga aylanishi mumkin (hozirda ikkalasida ham 80 ta o‘yin bor).

Shuningdek, Saloҳga ushbu turnirda 50 ta gol urgan birinchi afrikalik futbolchi bo‘lish uchun bitta gol yetishmayapti (hozircha uning hisobida 49 ta gol bor).

Joriy mavsumda Saloҳ "Liverpool" safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!