
Salohni eng kuchli klub nishonga oldi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh yaqin kelajakda Bundesligada to‘p surishi mumkin. Ko‘pchilik misrlik futbolchini “Real”ga o‘tishini taxmin qilayotgan bir paytda “Bavariya” ham unga qiziqa boshladi.
O‘tgan mavsumda o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan “Bavariya” klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Muhammad Salohning iste’dodidan hayratda ekanini ma’lum qildi.
- Men Salohni “Afrika Messisi”, deb bilaman. Unda dunyoning eng kuchli jamoalarida o‘ynash uchun katta mahorat bor. Uning natijalarini Messi va Ronaldu “Barselona” va “Real”dagi o‘yinlariga qiyoslash mumkin. Shunday futbolchiga ega bo‘lish, klubimiz uchun katta sharaf bo‘lardi, - dedi Karl-Xaynts Rummenigge.
Fikrlar