Samarqandlik yosh futbolchilar Barselonada!
18-22 aprel kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bolalar-o‘smirlar o‘rtasidagi “Copa Santa” musobaqasi o‘tkazilib, ushbu musobaqada nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlaridan faqatgina Samarqand jamoasi ishtirok etdi.
10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan toifada 37 davlatdan 100dan ortiq jamoalar turnirda ishtirok etdi. Musobaqada Samarqand shahrining “Umed BFK” jamoasining 12 yoshli ishtirok etishdi. Bu haqda “Dinamo” Samarqand klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand klubi “Copa Santa” turniri davomida Italiya, Ispaniya va Jazoir mamlakati klublariga qarshi to‘p surib, munosib ishtirok etdi.
Ispaniyadagi bir haftalik safar davomida “Umed BFK” jamoasi Kataloniyaning diqqatga sazovor joylari, xususan mashhur “Kamp Nou” stadionida bo‘lib, “Barselona” klubining yutuqlar, muzeyi bilan tanishishdi. Barselonadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari hamda yuqori saviyada tashkil etilgan xalqaro turnir va xorijlik tengqurlar bilan xalqaro o‘yinlari O‘zbekiston sharafini himoya qilgan samarqandlik yosh futbolchilarning faoliyati uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q.

Fikrlar