Sambo bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi yohud Fyodor Emelyanenko O‘zbekistonga keladimi?

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, poytaxtimizda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, mazkur turnirga oid matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu tadbirdagi savol-javoblarni e’tiboringizga havola etamiz...

-Jahon chempionatining mezbonligi uchun aynan O‘zbekiston tanlanishining asosiy sababi nimada?

Vasiliy Borisovich Shestakov ( Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti)

 -Bizga arizalar kelib tushadi. Ular orasidan munosib nomzodlarni saralab olamiz. Bunga juda ko‘p jihatlar sabab bo‘ladi.

-Yaqinda yakunlangan Osiyo chempionatida asosan o‘zbekistonlik sambochilar sovrindor bo‘lishdi. Osiyo qit’asida O‘zbekistonga raqobat ko‘rsatishga qodir mamlakatlar bormi?

Alamjon Mullaev (Osiyo sambo ittifoqi prezidenti)

  -Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘zbekistonlik murabbiylar va mutaxassislar bu sport turi bo‘yicha salmoqli ishlar olib borishmoqda. Markaziy Osiyodan har doim ajoyib sportchilar etishib chiqmoqda. Qolaversa, Mo‘g‘ulistonni ham  kuchli ekanligini aytib o‘tgan bo‘lardim. Ma’lumki, sambo Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan. Jumladan, Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida aynan sambochimiz oltin medalga ega chiqqan va  delegatsiyamizning yuqori o‘rinlarda qayd etilishiga o‘z hissasini qo‘shgandi.

 -Mana Vasiliy Borisovich jahon chempionatining tashkiliy tomonlari borasida ijobiy fikr bildirib o‘tdi. O‘zbekistonni bundanda nufuzli musobaqalarni o‘tkazishga qodirligini e’tirof etdi. Biroq shunga yarasha sportchilar saviyasi  ham yuqori bo‘lishi lozim. Umuman olganda sportchi va murabbiylarning tajribasini oshirish, hakamlik borasida qaysi mamlakatlar bilan birgalikda ish olib borilmoqda?

Alisher Alimov( O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi prezidenti)

  - O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi tomonidan nufuzli darajadagi musobaqalarni o‘tkazish hususida amaliy ishlar olib borilmoqda. Yaqin yillar mobaynida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatini o‘tkazish niyatidamiz. Yurtimizda sambo maktabi juda yaxshi shakllangan. Hindistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni oldik.  Umuman olganda oldimizga ulkan maqsad va vazifalar qo‘yganmiz. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan sportga juda katta e’tibor berilmoqda. Biz ham bunday e’tiborni suiste’mol qilmasdan, yuksak natijalarni qayd etishga harakat qilamiz. Yurtimizda samboni rivojlantirish uchun hakam va murabbiylarizni Rossiyada tajriba oshirish uchun doimiy tarzda yuborib turamiz. Joriy yilning noyabr oyida kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bunday musobaqalar uchun o‘quv - mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqdamiz. Albatta, bunday tayyorgarlik yaxshi natijalar qayd etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yanglishmasam Sergey Eliseev Rossiya sambo federatsiyasining prezidenti ham hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqsak, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda qanday ishlarni amalga oshirish mumkin. Qolaversa, Rossiya sambo afsonasi “So‘ngi imperator” Fedor Emelyanenkoning O‘zbekistonga kelib, master-klass o‘tkazishini xohlagan bo‘lardik . Buning imkoniyati bormi?

Sergey Eliseev( Rossiya sambo federatsiyasi prezidenti)

 O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi bilan anchadan buyon hamkorlik qilyapmiz. Birgalikda Toshkentda xalqaro turnir tashkil etish niyatidamiz. Fyodor hozircha faoliyatini yakunlagani yo‘q. Shuning uchun, shunchaki tadbirlarga chaqira olmaymiz. Mabodo, shunday imkoniyat bo‘lsa, biz unga albatta, taklif bilan chiqamiz.

Kuni kucha navbatdagi Osiyo chempionatlari mezbonlari ma’lum bo‘ldi deb eshitdik. Shu rasman tasdiqlandimi?

 Alamjon Mullaev (Osiyo sambo ittifoqi prezidenti)

 -2021 yil O‘zbekiston, 2022 yilda Tojikiston Osiyo chempionatlariga mezbonlik qilishi mumkin. Bu borada hali maxsus komissiya mezbon mamlakatning imkoniyatlarini yana bir bor tahlil qiladi.

So‘ngi yillarda MDH mamlakati sportchilari doping mojorasiga aralashib qolmoqda. Halqaro sambo federatsiyasi bu borada qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

Vasiliy Borisovich Shestakov ( Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti)

- WADA bunday holatlarga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shunday ekan biz ham bunga jiddiy yondoshganmiz. Doping iste’mol qilganlarga qat’iy choralar qo‘llaniladi.

image_2019-10-12_18-00-05

image_2019-10-12_17-59-57

image_2019-10-12_18-00-13

image_2019-10-12_18-00-21

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!