
Sambo: Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari qancha mablag‘ga ega bo‘ladi?
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Chxondju shahri sambo bo‘yicha erkak va ayollar hamda jangovar yo‘nalishida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ma’lumki ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sambo assotsiatsisi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari Xalqaro sambo federatsiyasi tomonidan quyidagi miqdordagi mablag‘larni qo‘lga kiritadi.
Oltin-3000 AQSh dollari,
Kumush – 2000 AQSh dollari,
Bronza -1500 AQSh dollari.
Fikrlar