
Sambo. Osiyo chempionatining so‘nggi kunida ham medallar shodasiga ega chiqdik!
Livanda sambo bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun bahslari yakunlandi. So‘nggi kunda kattalar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etishdi. Unga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolarining barchasi o‘z vazn toifalarida medallarni qo‘lga kiritishdi.
Sportchilarimiz qo‘lga kiritgan medallar ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi:
Erkaklar:
Oltin:
-79 kg: Umidjon Abdullaev
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov
+98 kg: Nurbek To‘raev
Kumush:
-64 kg: Homidjon Mo‘minov
-71 kg: Shahriyorbek Mamatqulov
-98 kg: Nodirjon Merhalikov
Bronza:
-58 kg: Doston Ro‘ziev
Ayollar:
Oltin:
-59 kg: Ibodatxon Agajonova
-65 kg: Muxlisaxon Qodirberganova
Kumush:
-80 kg: Gulmira Ismatova
Bronza:
-50 kg: Musharraf Ibodullaeva
-54 kg: O‘g‘iljon Kenjaboeva
-72 kg: Mohigul Komiljonova
+80 kg: Nigina Xo‘jaeva.
Sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar