“Sampdoriya” futbolchisi o‘n marta pichoq urilgan qizni o‘limdan qutqarib qoldi

  • 05.09.2025 18:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Sampdoriya” klubi yarim himoyachisi Alessandro Bellemo Venetsiya shahrida polshalik turist qizni o‘limdan qutqarib qoldi. Bu haqda Sport.es sayti ma’lumot berdi.

Italiyalik futbolchi akasining uyida ovqatlanayotgan paytda ko‘chada to‘polon ovozini eshitib qoladi. Yigitlar zudlik bilan ko‘chaga chiqadi. Ular o‘n joyidan pichoq egan qizni ko‘rib, yordamga shoshiladi.

Alessandro akasi bilan qizni uyga olib kelib, tez tibbiy yordam kelgunicha tepasida ahvolini nazorat qilib turadi. Ayni paytda turist qizning ahvoli barqaror va shifoxonada davolanmoqda.

Italiya politsiyasi jinoyatda gumon qilingan yigitni qo‘lga oldi. U ruhiy kasal ekani haqida aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!