Samvel Babayan "Paxtakor"da sinovdan o‘tgan tajribani "Navbahor"da qo‘llamoqchi

  • 28 iyul, 2022, 13:44
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

26 iyul kuni “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh anjumanlar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev, Namangan viloyati DXX boshlig‘i Alisher Erkaev, Namangan viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, Namangan viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi bo‘limi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi vakillari, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov, jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan, bundan tashqari, Namangan viloyati Futbol mahorati maktabi vakillari, viloyatda faoliyat yuritayotgan futbol maktablari murabbiylari ishtirok etishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Yig‘ilishda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan so‘zga chiqib, viloyatda bundan buyon bolalar futboliga e’tibor yanada kuchayishi, jumladan, 8 ta yosh toifasi, ya’ni, 2006-2013 yillarda tug‘ilgan yosh futbolchilardan iborat viloyat terma jamoalari tashkil etilishi, mazkur terma jamoalarga viloyatda faoliyat yuritayotgan eng iqtidorli murabbiylar jalb etilishi, bunga futbol sohasida ko‘p yillardan buyon ishlab kelayotgan, ayni paytda viloyat futbol mahorat maktabida yo‘riqchi-mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgan Akmal Rahmanov mas’ul etib tayinlanishi, viloyat Futbol mahorat maktabi “Navbahor” tasarrufiga o‘tishi, ya’ni, mazkur o‘quv dargohini bitirgan eng iqtidorli yoshlar avvalo viloyatning bosh jamoasida o‘ynashi, shundagina “lochinlar” tarkibida yaqin kelajakda mahalliy futbolchilar to‘p tepishi, chetdan o‘yinchi jalb etishga hojat qolmasligi, bunday tajriba “Paxtakor”da ishlaganida sinovdan o‘tganligi, masalan, poytaxtliklar safini Server Jeparov tark etganida, Odil Ahmedov porlab chiqqanligi, Ahmedov ketganida esa Jamshid Iskanderov va Jaloliddin Masharipov o‘z iqtidorlarini namoyish etishganini ta’kidlagan holda, ushbu terma jamoalarga viloyatning eng iqtidorli futbolchilari jalb etilishi lozimligi, bu uzoq muddatga mo‘ljallangan loyiha ekanligini aytib o‘tdi.

photo_2022-07-26_19-41-09

Shundan so‘ng, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Samvel Babayanning so‘zlariga qo‘shimcha sifatida futbol jahondagi birinchi raqamli va ommaviy sport turi ekanligi, viloyat iqtidorli futbolchilarga boy ekanligi, faqat ularning iqtidorlarini o‘z vaqtida payqab, samarali tarzda foydalanish lozimligi, shuningdek, viloyatdagi stadionlarning maydonlari sifatiga yaxshi e’tibor qaratish lozimligi, “Navbahor” joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadni amalga oshirishi, jamoada yaqin kelajakda mahalliy futbolchilar to‘p tepishini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur masalalar yuzasidan Namangan viloyati DXX boshlig‘i Alisher Erkaev, Namangan viloyati Sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Anvar To‘ychiev, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshoev, viloyat futbol mahorat maktabi direktori G‘anisher Ismoilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

photo_2022-07-26_19-40-06

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!