Sanches "Inter"ga nega o‘tganini aytdi
Chililik hujumchi Aleksis Sanches nega aynan «Inter»ga o‘tganini izohladi.
«A Seriyaga qaytganimdan mamnunman. Men o‘zim, jamoa va muxlislar uchun faqat va faqat yaxshilikni ravo ko‘raman. Men «Inter» bilan chempion bo‘lishni xohlayman. Ushbu jamoa 8 yildan buyon Skudettoni yuta olmayapti, ammo hozir buning uchun ularda hamma narsa etarli. Bizda yo shva kuchli tarkib va ajoyib murabbiy bor.
Lukaku ham «Inter»da baxtli. Aynan u meni bu erga o‘tishga ko‘ndirdi», - deydi Sanches.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» Sanchesni «Manchester Yunayted»dan 1 yilga ijaraga oldi.

Fikrlar