Sanchoning ishtahasi karnay
"Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o‘tishga qarshi emas, faqat bu borada uning bir talabi bor.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli ingliz futbolchisi “qizil iblislar”dan 12 million evro maosh so‘ramoqda. Dortmundliklar esa uning maoshini 10 million evrodan oshirib, uni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol hamda 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar