Sanjarbek Rahmonov amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi
O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov (9-0-1, KO4) o‘zining navbatdagi jangini 27 yanvar kuni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Jang Las-Vegasdagi “Sam's Town Hotel & Gambling Hall” arenasida tashkil etiladi.
Bokschimiz mazkur jangda amerikalik Xiylon Villiamsga qarshi ringga chiqadi. Bu bokschi professional ringda 21 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba (3 nokaut), 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Villiams so‘ngi o‘tkazilgan 5 jangning uchtasida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1 durang va 1 marta zafar quchgan. Oxirgi marta o‘tgan yilning fevralida ringga chiqib, hamyurti Darvin Praysga (13-0-0, KO6) imkoniyatni boy bergan.

Sanjarbek esa oxirgi jangini o‘tgan yilning 21 oktyabrida amerikalik Jon Dalperdangga qarshi o‘tkazib, 8 raund davom etgan qarama-qarshilikda u raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi.
Sanjar Rahmonov professional faoliyatini 2015 yil iyun oyida boshlagan bo‘lib, shu vaqtga qadar 10 jang o‘tkazgan va shulardan 9 tasini g‘alaba (4 nokaut) hamda 1 durang qayd etgan.

Fikrlar