Sardor Rashidov "Quvayt SK"dan pullarini undirib oldi

  • 29 mart, 2023, 19:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi xalqaro FIFPRo tashkiloti hamkorligida Sardor Rashidovning sobiq jamoasi - Quvaytning “Quvayt SK”dan futbolchimiz oldidagi qarzdorlikni undirishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Tecno

rashidov1

Ikki yil davom etgan bahsli jarayonda avvalo FIFAning nizolarni hal qilish palatasi DRC “Quvayt SK”dan futbolchimiz foydasiga pul undirish bo‘yicha qaror chiqardi. Qarordan norozi bo‘lgan klub Xalqaro Arbitraj Sudi CASda “Quvayt SK” o‘z arizasini qaytarib olganligi sababli murojaat qanoatlantirishsiz qoldirildi.

Bugungi kunga kelib “Quvayt SK” futbolchimiz oldidagi moliyaviy qarzdorlikni to‘liq bartaraf etdi. Bu xususida O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!