
Sarvar Karimov: G‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz
Ma’lumki, O‘zbekiston kubogi 1/16 finalida “So‘g‘diyona” Nukusning “Orol” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu o‘yin oldidan jizzaxliklar posboni Sarvar Karimov bo‘lajak bellashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bu o‘yin katta ahamiyatga ega. Chunki biz o‘z maydonimizda muhlislar qarshisida o‘ynaymiz. Shuning uchun ham bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Muhlislarni xafa qilishga haqqimiz yo‘q. Maqsadimiz kubok bahslarida uzoqroqqa borish. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni hurmat qilgan holda maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz, - deydi Sarvar Karimov.
Fikrlar