
Saudiya klublari "Real" himoyachisi transferi uchun jiddiy kirishmoqchi
"Real Madrid" klubining markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Saudiya Arabistoni chempionati vakillarining transfer maqsadlari ro‘yxatida saqlanib qolmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar tobora ko‘paygan. 32 yoshli futbolchi Xabi Alonso boshqaruvida asosiy tarkibda doimiy o‘ringa ega emas, yaqinda esa jiddiy jarohat olib, taxminan dekabrgacha safdan chiqishi kutilmoqda.
Saudiya klublari Ryudigerni bir necha yildan beri kuzatib kelishmoqda va hamon o‘z saflariga jalb qilish niyatida. Yanvar oyidan boshlab Ryudiger erkin muzokaralar olib borishi mumkin bo‘ladi. Hozirgi vaqtda markaziy himoyachi butun e’tiborini "Real"ga qaratgan.
Fikrlar