Saudiyaga bormayman, "Yuventus"ga o‘taman

  • 12 may, 18:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Viktor Osimxen "Yuventus"ga o‘tishni xohlayapti. Jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi "Al-Ahli" va "Al-Hilol" klublarining qiziqishiga qaramay, Saudiya Arabistonida o‘ynash istagi yo‘q. "Al-Hilol" futbolchiga yiliga 30-35 million evro maosh taklif qilishga tayyor edi.

Tecno

Avvalroq xabar qilinganidek, Turin klubi "Napoli"ga forvard uchun bonuslarni hisobga olgan holda 85 million evro taklif qilishga tayyor.

Futbolchi "Yuventus"ni afzal ko‘rmoqda, sababi u sport direktori Kristiano Juntoli bilan birga ishlashga qarshi emas. Hozirda nigeriyalik futbolchi turinliklar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Osimxenning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumni forvard "Galatasaroy"da ijara asosida o‘tkazmoqda. Turkiyada u 38 ta o‘yinda 33 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!