
Sergey Fomin bosh sovrin uchun kortga tushadi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Shymkent Open" musobaqasining finalida ishtirokchilari aniqlandi.
Turnirning yarim final bosqichida hamyurtimiz Sergey Fomin va ukrainalik Vladislav Manafovga qarshi kortga chiqdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda tennischimiz raqibini 7:6, 4:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Sergey "Shymkent Open"ning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida rossiyalik Aleksey Zaxarov bilan bosh sovrin uchun raqobatlashadi.
Fikrlar