Serxi klubga sodiqligini isbotladi!

"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto kataloniyaliklar bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishdi.

"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, futbolchi keyingi haftada “ko‘k-anorranglilar” bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi. Ispaniyalik havbekning klub bilan amaldagi kelishuvi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Roberto va “Barselona” o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangandi, ammo bu noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan. Keyinchalik Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes muzokaralarni qayta boshlashni talab qildi. Jamoada qolish uchun 30 yoshli yarim himoyachi maoshi ikki barobar kamayishiga rozi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" La Liganing yakunlangan mavsumida 38 turdan keyin 73 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!