"Sevilya" "Ayaks" futbolchisini ko‘zlamoqda
Amsterdamning "Ayaks" klubi vingeri Xakim Ziyesh faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
De Telegraaf nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli marokashlik futbolchiga “Sevilya”dan qiziqishlar bo‘lmoqda. Andalusiyaliklar uning transferi uchun 30 mln evro taklif qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Ziyesh yakunlangan mavsum “Ayaks” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 24ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar