"Sevilya" etakchisi jamoadan ketadi

  • 25 iyul, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” klubi xavbeki Ever Banega joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra andalusiyaliklar 31 yoshli argentinalik futbolchini shartnomasida ko‘rsatilgan 20 million evro tovon puli evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlash lozimki, uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumotlarga qaraganda Baneganing o‘zi ham “Sevilya”dan ketmoqchi va o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Banega o‘tgan mavsum “Sevilya” safida 51ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!