"Sevilya" futbolchisi qishda "Chelsi"ga o‘tishni istamagani ma’lum bo‘ldi

  • 8 mart, 2019, 19:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi qishki transferlar davrida "Sevilya" yarim himoyachisi Pablo Sarabiyani sotib olishga urunib ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Biroq, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi “aristokratlar”ning taklifiga rad javobini bergan va o‘z jamoasida qolishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Sarabiya joriy mavsum “Sevilya” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!