"Sevilya" futbolchisi uch o‘yinga chetlatildi
"Sevilya" forvardi Lukas Okampos uch o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi, deya xabar bermoqda Marca.
Okampos La Liga doirasida "Valyadolid"ga qarshi o‘yinda ikkita sariq kartochka olganidan so‘ng maydondan chetlatilgan edi. Ammo ushbu vaziyatdan so‘ng, futbolchi uchrashuv bosh xakami Eduardo Prietoni haqoratlagan.
Shu tariqa argentinalik "Leganes", "Osasuna" va "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar