"Sevilya" jahon chempionini tarkibiga qo‘shib olmoqchi

"Borussiya Dortmund" sobiq yarim himoyachisi Mario Gyottse faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli germaniyalik futbolchi "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Sky Deutschland. Ispan klubi futbolchining agenti bilan aloqaga chiqib ulgurgan.

Oldinroq, iyul oyi boshida erkin agentga aylangan Gyottse uchun "Atletiko", "Milan" va "Latsio" klublari da’vogarlik qilayotgani ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!